“YouTube” ota-ona nazorati funksiyasini kengaytirmoqda

Foto: busines insider

“YouTube” o‘z platformasida o‘smirlar uchun ota-ona nazorati funksiyasini kengaytirmoqda. “Yangi” funksiya shu haftadan boshlab butun dunyo bo‘ylab mavjud bo‘ladi.

Nazorat funksiyasi “YouTube” Oila markaziga birlashtirilgan ota-onalar va vasiylarga o‘z hisoblarini o‘smirlar akkauntlari bilan bog‘lash imkonini beradi. Bu sozlama ota-onalarga o‘smirlarning “YouTube”dagi faoliyati, jumladan, translyatsiyalar, yuklangan videolar, sharhlar va ularning obunalari haqida real vaqt rejimida bildirishnoma olish imkonini beradi. Ushbu nazorat orqali ota-onalar o‘z farzandlarini “yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish va rag‘batlantirishlari” mumkin.

“YouTube”ning bu harakati davlatlarning yosh foydalanuvchilar uchun platformaning “yaroqliligi”ga, ayniqsa, nomaqbul kontent va reklamaga bo‘lgan e’tiborining ortishi bilan bog‘liq. Ushbu xususiyat yordamida “YouTube” o‘smirlar faoliyatiga yanada shaffofroq qarashni taklif qiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.