YouTube servisida blokirovka qilingan Rossiya kanallari Google kompaniyasidan talab qilayotgan kompensatsiya miqdori butun jahon boyliklaridan ham oshadi

Google
Фото: Forbes

YouTube  servisida blokirovka qilingan Rossiya kanallari Google kompaniyasidan talab qilayotgan tovon jami global boylikdan oshadi, deb yozadi The Washington Post nashri.

Kanallarning Google kompaniyasiga qarshi da’volari miqdori ikki undetsilliondan ortiq rus rublini tashkil etadi (bu 36 nolga teng raqam), bu taxminan 20 detsillion dollarni (33 noldan iborat raqam) tashkil qiladi.

The Washington Post  nashrining qayd etishicha, bu yilgi barcha global boylik 477 trillion dollarga baholanmoqda (bu raqam 12 nolga teng). Alphabet ona kompaniyasining o‘zi 2 trillion dollar turadi.

Google kompaniyasiga belgilangan jarima har hafta ikki baravar ortib bormoqda va korporatsiya nomini ilhomlantirgan gugollar soniga (100 ta nolli raqam) yetishi mumkin, deb yozadi The Washington Post.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.