Yuliya Navalnaya Human Rights Foundation huquqni himoya qilish tashkilotining raisi etib saylandi
Yuliya Navalnaya Human Rights Foundation huquqni himoya qilish tashkilotining raisi bo‘ldi. Bu haqda HRF sayti va Navalnayaning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
“Diktaturalar bizning yaqinlarimizga va butun dunyoga tahdid solayotganiga shaxsan guvoh bo‘lgan odam sifatida Human Rights Foundation raisi lavozimini egallash men uchun katta sharaf”, – dedi Navalnaya.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, Aleksey Navalniy ishini davom ettirish uning uchun ustuvor vazifa bo‘lib qoladi.
Navalnayaning nomzodini 2012-yildan beri tashkilotni boshqarib kelayotgan siyosatchi Garri Kasparov qo‘llab-quvvatlagan. “Yuliyaning jasorati va adolatga sodiqligi ilhomlantiradi. HRF rivojlanishda davom etadi va inson huquqlari uchun kurashda o‘sib borayotgan ta’sirga ega bo‘ladi”, – dedi u.
HRF 2005-yilda huquq himoyachisi Tor Xalvorssen tomonidan tashkil etilgan. Uning bosh ofisi Nyu-Yorkda joylashgan. HRF o‘z missiyasini butun dunyodagi diktaturalarga qarshi turish deb biladi.
Sharhlar