Yuliya Navalnaya o‘zining sirtdan hibsga olinishi bo‘ycha izoh berdi
Moskvada sud Yuliya Navalnayani ekstremistik jamiyatda ishtirok etganlikda ayblab, sirtdan hibsga oldi. U qidiruvga berilgan.
Yuliya Navalnaya Basmanniy sudining uni sirtdan hibsga olinishi haqidagi qaroriga izoh berdi:
“Odatiy protsedura bo‘lmaydimi? Xorijiy agent, keyin jinoiy ish ochiladi, so‘ngra hibs?!”
“Vladimir Putin qotil va harbiy jinoyatchi. Uning joyi qamoqxonada, Gaagadagi biror-bir joyda emas, televizorli qulay kamerada emas, balki Rossiyada – o‘sha koloniyada, u Alekseyni o‘ldirgan o‘sha 2 ga 3 metrli kamerada”, – deb yozadi u X ijtimoiy tarmog‘ida.
Ulashish:
Sharhlar