Yuliya Navalnaya siyosiy mahbuslar almashuviga o‘z munosabatini bildirdi
Navalnayaning yozishicha, muzokaralar bir necha yil davom etgan, Aleksey Navalniy 2024 yil fevral oyida koloniyada vafot etganidan so‘ng, “ko‘pchilik” “hammasini to‘g‘irlashga va barchani qutqarishga” uringan.
“Bu katta baxt! Ozodlikka chiqqan har bir siyosiy mahbus katta g‘alaba va quvonchdir. Hech kim Putin tomonidan garovga olinmasligi, qiynoqqa solinmasligi va Putin qamoqxonasida o‘lmasligi kerak”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi “Комаанда Наавального” telegram-kanali.
Navalnaya shuningdek, Liliya Chanisheva bilan birga sudlangan Daniel Xolodniy, shuningdek, Aleksey Navalniyning advokatlari Vadim Kobzev, Aleksey Lipser va Igor Sergunin hamon qamoqxonalar va tergov izolyatorlarida saqlanayotganini ta’kidladi.
Sharhlar