Bayden Isroilda Livanga zarbalar berish huquqi borligini ma’lum qildi
AQSH prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan suhbat chog‘ida Vashingtonning Isroil xavfsizligini ta’minlashga sodiqligi sifatida uning “Hizbulloh” tomonidan zarbalar bo‘layotgan bir sharoitda o‘z-o‘zini mudofaa qilish huquqini tasdiqladi.
“Prezident Isroilning so‘nggi bir yil ichidagina Isroil hududiga minglab raketa otgan “Hizbulloh”dan o‘z fuqarolarini himoya qilish huquqini tasdiqladi”, — deyiladi Oq uy xabarida.
Ayni vaqtda Bayden oddiy fuqarolarga yetadigan zararni minimallashtirish zaruratini, shuningdek, nizoni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, tomonlar HAMAS tomonidan ushlab turilgan asirlarni ozod qilish bo‘yicha diplomatik sa’y-harakatlarni qayta boshlash, G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyat hamda, shu jumladan, Iordaniyadan o‘tadigan yo‘lakni zudlik bilan qayta tiklash yo‘li bilan shimolga o‘tish imkoniyati masalalarini muhokama qilgan.
Sharhlar