Isroil Eron va “Hizbulloh”ning zarba berish ehtimoli tufayli qo‘shinlarini yuqori shaylik holatiga keltirdi
Eron hamda Livanning “Hizbulloh” guruhi mamlakatga zarba berishidan xavfsirab, Isroil o‘z qo‘shinlarini yuqori jangovar shaylik holatiga keltirdi. Bu haqda The Wall Street Journal o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga nko‘ra, Isroil Eron va “Hizbulloh” hujumlar uyushtirishga tayyorlanayotganini sezgan, ammo Isroil hukumati haqiqatan ham zarba berilish-berilmasligini aniq bilmaydi.
Eron HAMAS yetakchisi Ismoil Xoniyaga nisbatan 31-iyul kuni Tehronda amalga oshirilgan qotillikka javob qaytarish bilan tahdid qilgan edi.
“Hizbulloh” esa 30-iyul kuni Bayrutga berilib, oqibatda guruh qo‘mondoni Fuad Shukurning o‘limiga sabab bo‘lgan Isroil aviazarbasiga javob berish niyatida.
Ulashish:
Sharhlar