Zaxar Prilepinga suiqasd qilishda ayblangan shaxs umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi
Yozuvchi va siyosatchi Zaxar Prilepin hayotiga suiqasd qilishda ayblangan Aleksandr Permyakov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.
“Sodir etgan jinoyatlarining hammasi va jazolarni qisman qo‘shgan holda, Permyakov* oxir-oqibat 700 ming rubl miqdorida jarima bilan umrbod qamoq jazosiga hukm qilinadi”, – deyiladi hukmda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 6-may kuni Nijniy Novgorod oblastining Borskiy rayonida Prilepinning mashinasi portlab ketgan edi. Uning qo‘riqchisi Aleksandr Shubin voqea joyida halok bo‘lgan, yozuvchining o‘zi esa og‘ir jarohatlangan.
Ulashish:
Sharhlar