Zelenskiy Albaniyaga yetib keldi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Albaniyaga yetib keldi, deb yozadi “Kommersant” Albaniya tashqi ishlar vaziri Igli Xasaniga tayanib. Bu Ukrainada nizo boshlanganidan buyon davlat rahbarining ushbu mamlakatga birinchi tashrifidir.
“Zelenskiyni Tiranada qarshi olish men uchun katta sharaf. Bu ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash va Ukrainaga uning Rossiya tajovuziga qarshi qahramonlarcha kurashida birdamlik izhor etish yo‘lidagi muhim lahzaga aylanadi”, — deb yozdi Xasani X ijtimoiy tarmog‘ida.
AFP qayd etishicha, Vladimir Zelenskiy Albaniya bosh vaziri Edi Rama bilan, shuningdek, Ukraina bo‘yicha sammit doirasida mintaqa yetakchilari bilan uchrashadi.
Avvalroq Zelenskiy Saudiya Arabistoniga borib, valiahd shahzoda Muhammad bin Salmon bilan uchrashgandi. Ular, xususan, Ukraina prezidentining “tinchlik formulasi”ni muhokama qilgandi.
Sharhlar