Zelenskiy amerikalik senatorlar bilan Rossiyaga hujum qilish uchun uzoq masofali raketalar yetkazib berish masalasini muhokama qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amerikalik senatorlar Lindsi Grem (respublikachi) va Richard Blumental (demokrat) bilan uchrashib, Ukraina urushni tugatish uchun uzoq masofali qurollarga muhtojligini muhokama qildi.
Senatorlar Ukrainaga Amerika qurollaridan foydalanishda koʻproq moslashuvchanlikni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlab, Oq uyni Ukraina qurolli kuchlariga Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat berishga chaqirishdi.
Uchrashuvdan so‘ng Grem Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi amaliyotini olqishlab, uni “jasur va yorqin” deb atadi va AQSh ma’muriyatini Ukrainani urushda g‘alaba qozonishi uchun zarur bo‘lgan qurol-yarog‘ bilan ta’minlashga chaqirdi.
Blumental, shuningdek, Rossiyaga qarshi uzoq masofaga uchuvchi qurollarni qo‘llash bo‘yicha cheklovlarni bartaraf etish zarurligini ham ta’kidladi.
AQSh Davlat departamenti vaziyatni izohlar ekan, Vashingtonning bu boradagi siyosati o’zgarishsiz qolayotganini aytdi. Ukraina rasmiylari mojaro avj olishidan qoʻrqishiga qaramay, Rossiya hududiga zarba berish uchun Amerika qurollaridan foydalanishga ruxsat berishni talab qilishda davom etmoqda.
Sharhlar