NATO sammitidan keyin Zelenskiy Buyuk Britaniyaga tashrif buyurishi mumkin
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashingtondagi NATO sammitidan keyin, katta ehtimol bilan, Buyuk Britaniyadagi Yevropa siyosiy hamjamiyati uchrashuvida ishtirok etadi. Bu haqda The Guardian o‘z manbalariga tayanib yozmoqda. Britaniya gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy 13-iyul kuni birinchi marta Irlandiyaga tashrif buyurib, bosh vazir Saymon Xarris bilan uchrashadi. Buyuk Britaniyaga tashrif kelasi hafta amalga oshishi kutilmoqda.
Yevropa siyosiy hamjamiyati 2022-yil mayida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tashabbusi bilan tashkil etilgan edi. Unga Yevroittifoqning 27 ta mamlakati, G‘arbiy Bolqon davlatlari, Ozarbayjon, Armaniston, Buyuk Britaniya, Gruziya, Islandiya, Lixtenshteyn, Moldova, Norvegiya, Shveysariya, Turkiya va Ukraina kirdi.
Britaniyadagi tadbirda “50 nafargacha Yevropa yetakchilari” qatnashishi kutilmoqda. Bosh mavzu Ukraina bo‘ladi. Yangi bosh vazir Kir Starmer Yevroittifoq mamlakatlari bilan aloqalarni mustahkamlash uchun uchrashuvdan foydalanib qolmoqchi. Sammitga Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ham qatnashgan, ammo u avvalgi tadbirlarda qatnashmagan va bunisida ham qatnashmaydi.
Sharhlar