2023-yilda Zelenskiy va oilasining daromadlari uch karra oshgan
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2023-yil uchun mol-mulk, daromadlar va xarajatlar haqidagi deklaratsiyani e’lon qildi, deb yozadi “RBK”.
Unga ko‘ra, Zelenskiy va uning oilasining daromadlari qariyb 317 ming dollarni tashkil qilgan, buning ichiga ichki davlat zayomi obligatsiyalari sotuvidan tushgan 190 ming dollardan ortiq daromad ham kiritilgan.
2023-yilda Zelenskiy oilasining daromadlari asosan ish haqi, bank foizlari va ko‘chmas mulkni ijaraga berishdan olingan daromaddan iborat bo‘ldi. Ushbu summa jami 127 ming dollaarni tashkil qilgan.
Daromadlarning o‘tgan yilga nisbatan oshganini prezident ofisi ijara to‘lovlari qayta boshlangani bilan izohladi.
2021-yilda Zelenskiy 276 ming dollar daromadlari haqida deklaratsiya qilgan bo‘lsa, 2022-yilda uning daromadlari qariyb uch karra qisqargan va 94 ming dollarni tashkil etgan edi.
Sharhlar