Zelenskiy Filippin prezidenti bilan uchrashdi va u yerda elchixona ochishga va’da berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Filippinga tashrif bilan bordi, deb yozadi “Kommersant”. U davlat rahbari Ferdinand Markos bilan uchrashdi va yil oxirigacha Manilada Ukraina elchixonasini ochishga va’da berdi.
“Taklif uchun rahmat va biz Ukrainani, bizning hududiy yaxlitligimizni va duverenitetimizni qo‘llab-quvvatlayotgan mamlakatingizda bo‘lib turganimizdan juda minnatdormiz”, — dedi Zelenskiy uchrashuvda. U Filippinga Ukraina bo‘yicha “aniq pozitsiyasi” uchun minnatdorlik bildirdi.
Markos tomonlar umumiy manfaatlarga aloqador masalalarni muhokama qilishini aytdi va mamlakatlar “hamkorlikda ishlash yo‘llarini topishi”ga umid bildirdi.
Zelenskiy avvalroq Singapurga borib, xavfsizlik sohasidagi “Shangri-La dialogi” forumida qatnashgan, forum doirasida u AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin bilan uchrashgan edi.
Sharhlar