Zelenskiy: Frontdagi vaziyat urushni 2025-yildan kechiktirmay tugatish imkonini beradi
Vladimir Zelenskiy frontdagi vaziyat Rossiya-Ukraina urushini 2025-yildan kechiktirmay tugatish “imkoniyatini yaratmoqda” deb hisoblaydi.
“Oktyabr, noyabr va dekabr oylarida tinchlik va barqaror barqarorlik sari ilgarilash imkoniyatimiz bor. Jang maydonidagi vaziyat bu tanlovni – urushni 2025-yildan kechiktirmay tugatish uchun qat’iy harakatlar tanlovini amalga oshirish imkonini beradi”, – dedi Ukraina prezidenti.
Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Vasiliy Bodnar Kiуev bu yil oxirigacha yangi tinchlik sammitini tashkil etishni rejalashtirayotganini va Moskvaning unda ishtirok etishini xohlashini ma’lum qildi. Biroq, u bunday uchrashuvda Rossiya bilan har qanday to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni istisno qildi.
“Bu sammitning eng muhim maqsadlaridan biri Ukrainada adolatli tinchlikka erishishdir. Biz Ukraina va Rossiya bir-biriga qarama-qarshi o‘tiradigan va Ukraina Rossiyaning talablarini tinglaydigan format haqida gapirmayapmiz”, – dedi elchi.
Sharhlar