Zelenskiy ilk bor yil boshida Kursk oblastiga hujum haqida so‘zladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk bor yil boshida Kursk oblastidagi hujum haqida gapirdi, Zalujniy bunga qarshi chiqdi, deb yozadi Politico nashri.
Ikki oliy martabali ukrainalik harbiy amaldorning nashrga aytishicha, Valeriy Zalujniy (o‘sha paytda u hali ham Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan) Ukraina bo‘linmalari chegarani muvaffaqiyatli bosib o‘tgandan keyin Kursk oblastida amalga oshiriladigan operatsiyada “aniq ikkinchi qadam” yo‘q, deb hisoblagan
“U Zelenskiydananiq javob olmagan. U bu avantyura bo‘lishini his qilgandi”, – deydi Politico suhbatdoshlaridan biri.
Kursk oblastidagi hujumga iyul oyida ishdan bo‘shatilgan 80- desant-hujum brigadasi qo‘mondoni Emil Ishkulov ham qarshi chiqqan. Politico manbalariga ko‘ra, u o‘z brigadasi “Rossiyada o‘ta zaif bo‘lib qolishi va qurbonlar soni keskin oshishi”dan qo‘rqqan.
Sharhlar