Zelenskiy Bryusselda NATO uchrashuvida ishtirok etadi
NATOning yangi bosh kotibi Mark Ryutte 17-oktabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni NATO bosh qarorgohida qabul qiladi, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi.
U yerda alyans mamlakatlari mudofaa vazirlari uchrashuvi bo‘lib o‘tib, Zelenskiyning Ukraina NATOga qo‘shilishini ko‘zda tutuvchi “g‘alaba rejasi” muhokama qilinishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Bryusselga tashrifi chog‘ida Zelenskiy Yevroittifoqning bir qator davlat va hukumat rahbarlari bilan uchrashmoqchi.
18-oktabr kuni esa Yevropaga AQSH prezidenti Jo Bayden yetib kelishi hamda Berlinda Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan uchrashib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni muhokama qilishi kutilmoqda.
Sharhlar