Zelenskiy: Rossiya asirligidan yana 49 nafar ukrainalik qaytdi

Фото: тг-канал Зеленского

Avvalroq Rossiyada asirlikda bo‘lgan 49 nafar harbiy xizmatchi va tinch aholi Ukrainaga qaytdi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Bular Ukraina Qurolli Kuchlari, Milliy gvardiya, Milliy politsiya, Davlat chegara xizmati askarlari, xususan, Lenie Umerova – kasal otasiga g‘amxo‘rlik qilish uchun borganida rossiyaliklar tomonidan garovga olingan qiz”, – deydi Zelenskiy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ozod etilganlar orasida “Azovstal” himoyachilari, xususan, avvalroq Ukraina Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan harbiy shifokor Viktor Ivchuk ham bor.

2023-yil dekabr oyida 25 yoshli Leniya Umerova kasal otasini ko‘rish uchun Kievdan Qrimga ketayotgandi. U Gruziya bilan chegaradagi “Verxniy Lars” nazorat-o‘tkazish punktida ma’muriy qamoqqa olingan, shu yilning may oyida esa josuslikda ayblanib, hibsga olingan edi, deya eslaydi “Meduza”. Zelenskiyning xabarida Umerova qanday sharoitda qo‘yib yuborilganiga aniqlik kiritilmagan. Rossiya sudi tomonidan unga hukm chiqarilgani haqida ham ma’lumot yo‘q.

Rossiya ushbu ma’lumot chop etilgan paytga almashinuv haqida xabar bermagan. Shuningdek, rossiyalik asirlar vataniga qaytgan-qaytmagani ham noma’lum. Ayni paytda, Zelenskiyning so‘zlaridan biz ayirboshlash haqiqatan ham bo‘lib o‘tgan degan xulosaga kelishimiz mumkin: Ukraina prezidenti davlatning “almashuv fondi”ni to‘ldiruvchi “har bir Ukraina bo‘linmasiga” minnatdorchilik bildirdi. Urush tarafdori bo‘lgan rossiyalik bloger Boris Rojinning yozishicha, asirlar almashinuvi “49 ga 49” formatida bo‘lib o‘tgan va ruslar orasida Kursk oblastida asirga olingan harbiy xizmatchilar ham bor.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.