Zelenskiy Rossiya ichkarisiga G‘arb quroli bilan zarba berishga yana ruxsat so‘ramoqda

Фото: BBC

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yana ittifoqchilarni G‘arb qurollari bilan Rossiyaga uzoq masofaga, xususan, harbiy aerodromlarga zarba berishga ruxsat berishga chaqirdi.

“Bizda cheklovlar qancha kam bo‘lsa, Rossiya tinchlikka shunchalik intiladi”, – dedi u Buyuk Britaniyadagi Yevropa siyosiy hamjamiyatining sammitida so‘zlagan nutqida.

Zelenskiy ittifoqchilarning Xarkov oblastida yangi front ochganidan keyin, Rossiya chegarasi yaqinida bunday zarbalar berishga ruxsat berish qarori hech qanday keskinlashuvga olib kelmaganini aytdi, – deb yozadi Reuters.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.