Zelenskiy: Ukraina o‘zi ishlab chiqargan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Фото: Кадр из видео Дрон "Паляниця

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Kiуevdagi matbuot anjumanida mahalliy mudofaa korxonalarida ishlab chiqarilgan Ukraina ballistik raketasining birinchi muvaffaqiyatli sinovi haqida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinov ijobiy natija bergan, biroq u raketa haqidagi tafsilotlarni oshkor qilmagan.

Avvalroq, 25-avgust kuni Zelenskiy, shuningdek, 700 km masofagacha nishonlarni urib tushira oladigan yangi Ukraina uzoq masofali Palyanitsa raketa-dronidan birinchi muvaffaqiyatli jangovar foydalanish haqida ham ma’lum qilgandi. Defense Express xabariga ko‘ra, jabrlangan hududda 20 tagacha Rossiya aerodromlari mavjud. Assosiated Press agentligining xabar berishicha, bu raketa Ukrainaga ittifoqchilari bilan kelishilmagan holda Rossiya hududiga chuqur zarbalar berish imkonini beradi.

Ukraina Mudofaa vaziri Rustem Umerov 26-avgust kuni Kiуev Rossiyaning dushanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan keng ko‘lamli havo hujumiga javob tayyorlayotganini ma’lum qildi va o‘z ishlab chiqargan qurollardan foydalanishini ta’kidladi.

Iyul oyida Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida birinchi marta Ukrainaning “raketa dasturi”ni tilga olib, mamlakat hamkorlardan raketa ta’minotiga qaramligini kamaytirish ustida faol ish olib borayotganini ta’kidlagan edi.

Ayni paytda Ukraina Rossiyaga chuqur zarba berish uchun Amerikaning uzoq masofali qurollaridan foydalanish imkoniyati bo‘yicha AQSh bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Politico nashrining yozishicha, Ukraina rasmiylari Oq uyga bunday ruxsat berilsa, zarba berilishi mumkin bo‘lgan nishonlar ro‘yxatini taqdim etishni rejalashtirmoqda.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.