Zelenskiy: Ukraina QK Kursk viloyatidagi yana ikkita aholi punktini nazoratga oldi

Владимир Зеленский
Фото: REUTERS/Julia Nikhinson

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlari Kursk viloyatida yana ikkita aholi punktini egallab olgani va uchinchisi uchun kurashni davom ettirayotganini aytdi.

Kechki nutqida Zelenskiy, shuningdek, Ukraina kuchlari Kursk viloyatida bir kilometrdan uch kilometrgacha ilgarilab ketganini aytdi.

“Men hozirgina Bosh qo‘mondon Sirskiy bilan gaplashdim, biz Kursk viloyatida bir kilometrdan uch kilometrgacha olg‘a qadam tashlamoqdamiz, yana ikkita aholi punktini nazoratga oldik, boshqa aholi punktiga qarshi faol harakatlar davom etmoqda”, — dedi Zelenskiy. 

Zelenskiy Kursk viloyatidagi qaysi aholi punktlari haqida gapirayotganiga aniqlik kiritmadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.