Zelenskiy Ukraina qurollarini ishlab chiqarishni kengaytirish niyatida
G‘arb ittifoqchilaridan harbiy yordam yetkazib berish kechikayotgan bir paytda Ukraina yer ostida o‘z qurollarini ishlab chiqarishni boshlash niyatida. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi mahalliy OAV.
“Biz yer ostida qurol ishlab chiqarishni boshlaymiz, shunda hamkorlarimizdan yetkazib berish kechiksa ham Ukraina askarlari o‘zlarini himoya qila olishadi”, — deya Ukraina rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltiriladi.
U, shuningdek, Ukraina “urushni Rossiya Federatsiyasiga qaytarmoqda, shunda Rossiya prezidenti tinchlikka intila boshlaydi”.
Zelenskiy yana ittifoqchilarni Ukraina havo mudofaasi imkoniyatlarini oshirishga chaqirdi. Ukraina rahbari ularga olgan tizimlar uchun minnatdorchilik bildirdi, biroq va’da qilingan ko‘plab zenit qurilmalari hali yetkazib berilmaganini ta’kidladi.
Sharhlar