Zelenskiy: Ukrainaning tinchlik rejasi besh banddan iborat

Фото: Shutterstock

Zelenskiy ABC News telekanaliga bergan intervyusida Ukrainaning besh banddan iborat tinchlik rejasini taqdim etdi.

U harbiy yordamning aniq miqdori va ma’lum diplomatik qadamlarga asoslanadi.

Biroq Rossiya bilan muzokaralarni muhokama qilish rejalashtirilmagan.

Intervyuda u quyidagilarni ta’kidladi:

— Rejaning asosiy maqsadi Putinni adolatli shartlar asosida muzokaralar olib borishga ko‘ndirish;

— Rejada Rossiya uchun imtiyozlar mavjud emas;

— U muddatli sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, urushni uzoq davom ettirishga emas, balki tez tugatishga qaratilgan;

— Ukraina Kursk oblastidagi kutilmagan amaliyotni Rossiya Sumi shahrini bosib olishga tayyorgarlik ko‘rayotganiga javoban boshlagan;

— Rossiya Ukrainadagi atom elektr stansiyalarini suratga olish uchun Xitoy sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanmoqda, bu esa yadroviy inshootlarga hujum qilish xavfini tug‘diradi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.