Zelenskiy Vashingtonni Kiуevning Tomahawk raketalari bo‘yicha iltimosi haqidagi axborotni sizdirishda aybladi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Qo‘shma Shtatlardan Tomahawk strategik raketalarini so‘raganini tasdiqladi va Vashingtonni bu ma’lumotni oshkor qilishda aybladi.
“Ommaviy axborot vositalarida nimalar bo‘layotganini ko‘ryapsiz. Ularning aytishicha, Ukraina juda ko‘p raketalarni, masalan, Tomahawk va boshqalarni olishni xohlaydi yoki olishni xohlagan. Lekin bu Ukraina va Oq uy o‘rtasidagi maxfiy ma’lumot edi. Bu xabarlarni qanday tushunish mumkin? Bu sheriklar o‘rtasida hech qanday maxfiy narsa yo‘qligini anglatadi”, — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi Strana.ua.
Shuningdek, u Kiуev AQSh harbiy yordamining atigi 10 foizini olganini, G‘arb davlatlari esa va’da qilingan havo hujumidan mudofaa tizimlarining hammasini taqdim etmaganini ma’lum qildi.
Sharhlar