Zelenskiy: Xarkovga berilgan zarba natijasida uch kishi halok bo‘lgan, 9 nafari yaralangan

Фото: ДСНС

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya harbiylari Xarkovni boshqariladigan bombalar bilan urganini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, bomba turarjoy binosiga tushgan, vayronalarni olib tashlash ishlari davom etmoqda.

Hozircha 19 nafar yarador va 3 nafar halok bo‘lgan kishi haqida ma’lum, dedi Zelenskiy.

Uning ta’kidlashicha, “boshqariladigan havo bombalari bilan zarba berayotgan Rossiyaning terrori to‘xtatilishi kerak va to‘xtatilishi mumkin”. Buning uchun, dedi u, “bizga hamkorlarning qat’iy qarorlari kerak”, toki ukrainalik harbiylar “Rossiya jangovar samolyotlarini ular turgan joyda yo‘q qila olsin”.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.