Zelenskiy Normandiyada NATOdan Rossiya raketalarini urib tushirishni so‘ramoqchi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ittifoq qo‘shinlarining Normandiyaga tushirilishining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarga boradi, u yerda u NATOdan Rossiya raketalarini urib tushirishni so‘ramoqchi; AQSH va Buyuk Britaniya Eronning Isroilga hujumi chog‘ida shunday qilgan edi. Bu haqda Politico o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Shuningdek, Zelenskiy ittifoqdoshlaridan harbiy ko‘makni oshirishni va iloji boricha tezroq Rossiya aktivlarini Ukrainaga yuborish uchun musodara qilishni so‘raydi. Keyinroq esa Ukraina prezidenti Italiyada G7 moliya vazirlari uchrashuviga tashrif buyurib, ularni Rossiya aktivlarining musodara etilishi qanchalik asosli ekaniga ishontiradi.
20-may kuni Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida NATO mamlakatalrini Ukrainaga Rossiya raketalarini urib tushirishda yordam berishga va Rossiya hududlariga hujumlarda G‘arb texnikasidan foydalanishga ruxsat berishga chaqirgandi. Keyinroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina Rossiya bo‘ylab zarbalarda Amerika qurolidan foydalanish haqida mustaqil qaror qabul qilishi kerakligini aytdi.
Sharhlar