Putin ommaviy tadbirlarga zirhli nimcha kiyib bormoqda

Фото: МТ

Rossiya maxsus xizmatlari prezident Vladimir Putinni qo‘riqlash tizimini yanada, misli ko‘rilmagan darajada kuchaytirdi: maxsus xizmatlar tavsiyalariga muvofiq, u ochiq havodagi ommaviy tadbirlarga zirhli nimcha kiyib bora boshladi. Bu haqda The Moscow Times o‘z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Putinni ommaviy tadbirlar chog‘ida bir necha marta shaxsan ko‘rgan mansabdor aytishicha, u zirhli nimcha kiyishni Federal qo‘riqlov xizmati va Prezident xavfsizligi xizmati tavsiyalari bo‘yicha 2023-yildayoq boshlagan.

“Bu yil 9-may kuni parad chog‘ida boshliq mutlaqo aniq yashirin zirhli nimcha kiygan edi. Bu ehtiyotkorlik chorasini men to‘g‘ri deb hisoblayman”, — dedi parad vaqtida Qizil maydonda bo‘lgan rossiyalik mansabdor.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.