Saudiya Arabistonida haj chog‘ida 14 nafar ziyoratchi halok bo‘ldi
Saudiya Arabistonida haj chog‘ida kamida 14 nafar iordaniyalik halok bo‘lgan, yana 17 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar bergan.
Kamida olti kishi kuchli jazirama tufayli vafot etgan. Kechki vaqtga borib, Makkada harorat 47 darajaga yetishi kutilmoqda.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirligi havo harorati keskin ko‘tarilishi haqida ogohlantirgan edi. Idora ziyoratchilarni suvsizlanib qolmaslikka va 11:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan eng issiq soatlarda ochiq havoga chiqmaslikka chaqirgan edi.
Haj davri bu yil 14—19-iyun kunlariga to‘g‘ri keldi. 2023-yilda haj ziyoratini amalga oshirish uchun Makkaga 1,8 million kishi tashrif buyurgan.
Ulashish:
Sharhlar