Putin Kim Chen Inga 24 ta zotdor ot sovg‘a qildi

Foto: “Kommersant”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin KXDR yetakchisi Kim Chen Inga 24 ta Orlov yo‘rtoqi otlarini sovg‘a qildi. The Times gazetasi yozishicha, bu Shimoliy Koreya yetakchisining sevimli zoti hisoblanadi.

“Kim Chen In Rossiyadan otlarning yangi partiyasini qabul qildi, bu Shimoliy Koreya rahbari va prezident Putin o‘rtasidagi yaqinlik o‘sayotganidan dalolat beradi”, — deyiladi xabarda.

Otlar Rossiyadan 25-avgust kuni jo‘natilgan. 19 ta ayg‘ir ot va beshta biya Vladimir viloyatida karatindan o‘tgan, so‘ng Primorye o‘lkasidagi “Hasan” temir yo‘l o‘tkazish punktiga keltirilgan.

Ta’kidlanishicha, otlar Kim Chen In uchun harbiydan ko‘ra ko‘proq ramziy qiymatga ega bo‘lib, ular o‘zi va oilasi atrofida yaratgan shaxsga sig‘inish qadriyatida muhim rol o‘ynaydi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.