Zuckerberg Trampni ko’rgani bordi

Foto: foxbusiness.com

Meta kompaniyasining bosh direktori Mark Zuckerberg kecha, 27-noyabr kuni AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Bu haqda Trampning bosh maslahatchisi Stiven Miller “Fox News”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Miller texnologiya kompaniyasi rahbarining o‘z manfaatlari borligini ta’kidlab, Trampning ikkinchi prezidentlik muddatini “milliy yangilanish” imkoniyati sifatida ko‘rayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Mark, shubhasiz, o‘z manfaatlari, kompaniyasi va rejalariga ega. Ammo u nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda kuzatilayotgan o‘zgarishlarning tarafdori va ishtirokchisi bo‘lish istagini juda aniq tarzda ifodalab berdi”, – deydi Miller.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zukerberg Floridada Trampning bo‘lajak ma’muriyati a’zolari bilan ham uchrashgan va kechki ovqatga taklif qilgani uchun Trampdan minnatdor ekanini qo‘shimcha qilgan.

Zukerberg joriy yilning iyul oyida Pensilvaniya shtatining Batler shahrida Trampga qarshi uyushtirilgan suiqasddagi holatni izohlab, Trampni maqtagan edi.

“Donald Tramp yuziga o‘q tekkanidan keyin o‘rnidan turib, mushti bilan Amerika bayrog‘ini havoda silkitganini ko‘rish – hayotimda ko‘rgan eng ajoyib hodisalardan biri”, – degan edi Meta rahbari.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.