Britaniya Netanyaxuni ICC orderi asosida hibsga olishga tayyorligini bildirdi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, agar u Britaniya hududida qolsa, Xalqaro jinoiy sud (ICC) qaroriga muvofiq hibsga olinadi. Bu haqda Britaniya bosh vaziri Key Starmerning vakili ma’lum qildi.
“Hukumat qonun bo‘yicha o‘z majburiyatlarini va qonuniy majburiyatlarini bajaradi”, — dedi bosh vazir matbuot kotibi.
Buyuk Britaniya 2001-yilda ICC tomonidan hibsga olish orderlarini ijro etishni nazarda tutuvchi qonunni qabul qildi.
Avvalroq 21-noyabr kuni IJK Netanyaxu va Isroil mudofaa vaziri Yoav Galantni insoniyatga qarshi jinoyatlar va urush jinoyatlari uchun hibsga olishga order bergan edi. Bu ayblovlar Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy harakatlari bilan bog‘liq
Ulashish:
Sharhlar