BAA kompaniyasi Poytaxt bank ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyani 10 million dollarga sotib oldi
BAAning Bond Investments limited MChJ kompaniyasi Poytaxt bank ustav kapitalidagi 100 foiz aksiyalarni 10 million dollarga sotib oldi, deb yozadi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi.
Bungacha “Expobank” bilan shartnoma imzolangan edi. Biroq, xalqaro vaziyat tufayli amalga oshirishning imkoni yo’qligi sababli to’xtatilgan.
«Bond Investments limited MChJdan olingan taklif boshqa ishtirokchilarning takliflaridan, shuningdek, ilgari mustaqil baholovchi tomonidan hisoblab chiqilgan taxminiy qiymatdan yuqori», – deyiladi bayonotda.
Bond Investments Limited MChJ va unga aloqador korxonalarning hech biri Yevropa Ittifoqi, AQSh va yirik xalqaro moliya institutlarining ochiq sanktsiyalar ro‘yxatiga kiritilmagan.
Investor tomonidan “Poytaxt” bank uchun zamonaviy mobil va raqamli moliyaviy texnologiyalarni joriy etgan holda kompleks infratuzilmani rivojlantirish rejasi tayyorlandi.
Шарҳлар