Firibgar «soxta havola» orqali fuqaroning 3 yarim million pulilni o‘g‘irladi

Фото: Киберхавфсизлик

Toshkent shaharda yashovchi 32 yoshli X.B. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 3.557.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Toshkent shaharda yashovchi A.A. sodir etganligi aniqlandi.

A.A. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta dastur, havola jo‘natib, bu e’longa ishongan jabrlanuvchi X.B. ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va bu orqali uning bank mobil ilovasiga ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib, uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan hamda o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.