Xabib Nurmagomedov Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechish bosimi fonida soliq qarzlarini to‘ladi
Sobiq UFC chempioni Xabib Nurmagomedov yuzlab million rubl miqdoridagi soliq qarzini to‘lab berdi, deb yozadi “RIA Novosti” sportchining vakiliga tayanib. Huquq-tartibot idoralariga yaqin telegram kanallariga ko‘ra, qarz miqdori 302 million rublni tashkil qilgan bo‘lishi mumkin.
Nurmagomedovning soliqdan qarzi borligi haqida 2024-yilning may oyida ma’lum bo‘ldi. Avvalroq “Proyekt” nashri sportchi Rossiya prezidenti ma’muriyati so‘rovlariga qaramay, Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani uchun bosimga uchragani haqida xabar bergan edi.
Nashrning yozishicha, Nurmagomedov hatto Donald Tramp bilan shaxsiy suhbatida ham janglarni to‘xtatish istagini bildirgan.
Hozirda Xabib Nurmagomedov AQShda yashaydi.
Шарҳлар