O‘zbekistonda oziq-ovqat chiqindilarini qisqartirish bo‘yicha milliy dastur ishlab chiqiladi
6-sentyabr kuni O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Bosh direktori doktor Suy Dun’yuy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralarda oziq-ovqat chiqindilarini kamaytirish bo‘yicha milliy dasturni ishlab chiqish, “Markaziy Osiyoda suv va yer resurslarining o‘zaro bog‘liqligi” (CAWLN) mintaqaviy dasturini, qishloq xo‘jaligida pestitsidlar va kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha yangi grant loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha, shuningdek, yerlar degradatsiyasini monitoring qilish, cho‘llanish va chang bo‘ronlariga qarshi kurashish, qishloq xo‘jaligida og‘ir kimyoviy moddalar va pestitsidlarni bosqichma-bosqich bekor qilish, ekologik toza dehqonchilik usullarini ilgari surish va oziq-ovqat chiqindilari bo‘yicha FAO konsepsiyasini joriy etish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Sharhlar