Rossiyaning Voronej va Belgorod viloyatlari tungi hujumlarga uchradi

СМИ сообщили о взрыве в Санкт-Петербурге после падения дрона
Фото: Архив

Rossiyaning Voronej viloyatida 9-aprelga o‘tar kechasi favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan xavf e’lon qilindi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ertalab esa uchuvchisiz uchar qurilmalar hujumi xavfi signali bekor qilindi.

Bundan tashqari, tongda viloyat gubernatori Aleksandr Gusev havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari va radioelektron kurash vositalari tomonidan Voronej viloyati osmonida dron yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

8-aprel kuni kechqurun ham Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari Belgorod viloyati osmonida samolyot turidagi uchar qurilmani yo‘q qilgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Voronej viloyatida ikkita, Belgorodda ikkita, jami to‘rtta Ukraina dronlari, shuningdek, Qrim yarim oroli qirg‘oqlari yaqinida, Qora dengiz akvatoriyasi ustida esa bitta Ukraina raketasi havo hujumiga qarshi mudofaaning navbatchi vositalari tomonidan urib tushirilganini ma’lum qildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.