Zelenskiy Rossiyadagi asosiy ustunlik nima ekanini aytdi

Зеленский назвал «самое большое преимущество» России

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hozirgi harbiy nizoda Rossiyadagi ustunlik G‘arb tomonidan Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollarning Rossiya hududiga zarbalar berish uchun ishlatilishiga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar hisoblanishini aytdi.

“Rossiya o‘z hududida turib, bizning hududimizni istalgan quroldan o‘qqa tutishi mumkin. Bu Rossiyada mavjud bo‘lgan eng katta ustunlikdir. Biz esa ularning Rossiya hududida turgan tizimlariga G‘arb quroli bilan zarba berolmaymiz”, — dedi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina prezidenti G‘arb paradoksal holatda turganini ta’kidladi: u Rossiya nizoda g‘alaba qozonishidan qo‘rqadi, ammo ayni vaqtda Ukraina butunlay mag‘lub bo‘lishini ham istamaydi. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev “adolatli tinchlik”ka intilmoqda, G‘arb esa nizoni tugatishdan manfaatdor va bu uningcha adolatli tinchlik hisoblanadi.

Zelenskiy ayni paytda Ukrainada havo hujumiga qarshi mudofaa uchun zarur qurol-yarog‘ning chorak qismigina borligini qayd etdi. Havo makonida tenglikni ta’minlash uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevga 120—130 ta zamonaviy samolyot, xususan F-16 qiruvchilari kerak bo‘ladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.