О‘zbekistonda oziq-ovqat sektorini optimallashtirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash bo‘yicha kompleks dastur ishga tushirildi
13-sentyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkzilgan kirish seminari doirasida О‘zbekistonda dehqonchilik va yerdan foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish orqali barqaror oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini rivojlantirish va degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklashni rag‘batlantirishga qaratilgan FOLUR (Food Systems, Land Use and Restoration) dasturi ishga tushirildi. Dasturning rasmiy hamkorlari – Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), О‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
Loyiha О‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022-yil 10-iyundagi “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan rejaga kiritilgan bo‘lib, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasini qamrab oladi.
Tadbir davomida О‘zbekiston qishloq-oziq-ovqat sektorini o‘zgartirishga qaratilgan FOLUR dasturining asosiy tamoyillari taqdim etildi.
Loyiha bug‘doy uchun barqaror va inklyuziv ishlab chiqarish landshaftlari va qiymat zanjirlarini yaratish uchun ilg‘or tajriba va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan, bu borada О‘zbekiston Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinda turadi.
FOLUR dasturi yerni boshqarishning samarali texnologiyalarini va tabiatni muhofaza qilishning samarali yondashuvlarini bir vaqtda amalga oshirishni, shuningdek, ko‘plab iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlar bilan ekotizim degradatsiyasidan barqaror boshqaruvga o‘tishni amalga oshirish uchun ekologik toza qiymat zanjirlarini yaratishni o‘z ichiga oladi.
О‘zbekistonda FOLUR tomonidan ilgari surilayotgan qishloq xo‘jaligi yondashuvlari va amaliyotlari qatoriga agroekologiya, diversifikatsiya, almashlab ekish va ekinlararo ekish kiradi.
Loyihaning ishga tushirilishi О‘zbekiston uchun Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiq barqaror qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi muhim qadamga aylanadi.
Mamlakatda yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishda erishilgan muvaffaqiyatlarga qaramay, respublikadagi sug‘oriladigan yerlarning 56 foizi shamol eroziyasiga uchraganligi sababli muammo o‘ta dolzarbligicha qolmoqda, bu esa suv eroziyasi bilan birga tuproqdagi organik moddalar miqdorini kamaytiradi, tuproq va uning strukturaviy xususiyatlarini yomonlashtiradi, bu ayniqsa qurg‘oqchil hududlarda va issiq iqlimda xavflidir.
О‘zbekistonda FOLUR loyihasini amalga oshirish doirasida umumiy maydoni 50 ming gektar bo‘lgan hududdagi yerlarni ekologik jihatdan tiklash, shuningdek, bug‘doy ekilgan 300 ming gektar maydonda yerni boshqarishning takomillashtirilgan usullarini joriy etish rejalashtirilgan. О‘zbekiston FOLUR dasturiga qo‘shilgan 27-davlatga aylandi. Dastur ishtirokchilarining umumiy ro‘yxati Hindiston va Xitoy kabi yirik davlatlarni o‘z ichiga oladi.
Sharhlar