Yo‘q qilingan “Sergey Kotov” kemasi Rossiya Qora dengiz floti tarkibidagi eng yangi kema bo‘lgan

"Сергей Котов" был самым новым в составе флота РФ
Фото: Медиапалуба

5-mart, seshanba kuni ertalab Rossiyaning “Sergey Kotov” kemasi yo‘q qilingani haqida Rossiyaning bir nechta harbiy Telegram-kanallari xabar berdi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari tunda Qrimga raketalar, uchuvchisiz uchar qurilmalar va ekipajsiz katerlar bilan hujum qilgan, ularning so‘nggisi kemani nishonga olgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi manbalarga ko‘ra, kema ekipaji omon qolgan.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina hukumati kemaga hujum bo‘lganini rasman tasdiqlagani yo‘q. Ammo avvalroq “Ukrainskaya pravda” nashri Ukraina Mudofaa vazirligi Razvedka bosh boshqarmasidagi manbasiga tayanib, aynan shu tuzilma kemani yo‘q qilgani haqida xabar bergandi.

“Sergey Kotov” patrul Kateri 2021-yil boshida tantanali ravishda suvga tushirilgan edi. 2022-yil iyulida esa u Qora dengiz floti tarkibiga kirgan. O‘sha paytda “Sergey Kotov” “eng zamonaviy” patrul kemasi deb atalgan, “maxsus konstruksiya va qoplama uni dushman radarlari uchun deyarli sezilarsiz holatga keltirishi” ta’kidlangan edi.

Rossiya Mudofaa vazirligi saytiga joylangan ma’lumotlarga qaraganda, ushbu seriyadagi kemalarga 60 kishilik ekipaj joylashtiriladi, radiotexnik va gidroakustik uskanalar, shuningdek, radioelektron qarshilik ko‘rsatish qurilmalari bilan jihozlanadi.

Qora dengiz floti tarkibida to‘rtta patrul kemasi bor. Ularning barchasi bitta loyiha bo‘yicha yasalgan. Asosiy kema — “Vasiliy Bikov” 2018-yilda ishga tushirilgan, qolgan ikkita kema — “Dmitriy Rogachev” va “Pavel Derjavin” 2019 va 2020-yillarda flot tarkibiga kirgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.