O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston bosh vaziri bilan uchrashdi

Фото: “Дунё” АА

O’zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya kecha, 8 may kuni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif tomonidan qabul qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, vazir O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi. Suhbat chog‘ida O’zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki tomonlama va mintaqaviy aloqalarning ulkan istiqbollari hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqot yuzasidan fikr almashildi.

Iqtisodiy, investitsiyaviy, parlamentlararo, madaniy va ikki xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni kengaytirishga qaratilgan har tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirishga o‘zaro tayyorlik qayd etildi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.