Inbazar rahbari va xodimlar o’rtasidagi zo’ravonlik: Tarmoqdagi yangi ovozlar

Foto: Anhor.uz

“Albatta (Inbazarda bo‘lgan) zo‘ravonlik jazosiz qolmaydi. Qilingan ish uchun aybdorlar jazolanishiga ishonaman. Yillar davomida harakat qilamizki, ishxonada, bozorda kelayotgan mijozlarga yaxshi muomalada bo‘lishga, lekin do‘konda ko‘plab xodimlar ishlagani uchun nazorat qilish qiyin bo‘ladi. Bo‘lgan holat uchun uzr so‘raymiz”. Bu so‘zlar Inbazar asoschisi Omadbek Xolmatovga tegishli.

Zo‘ravonlikka qarshidek tuyulayotgan bu so‘zlar egasining tarmoq sahnasiga chiqishining sababi joriy yilning 14-15-sentyabr kunlari milliy medianing asosiy mavzusiga aylangan Inbazar xodimining kichik xatosi tufayli somosud qilinib, video internetda tarqalib ketgani. Soat sayin tarmoq faollariga yangidan yangi videolarning taqdim qilayotgan “Inbazar”ning ilk “hangomalari” 14-sentyabr kuni boshlangan edi. Tarmoqlarda tarqalgan videolarga ko‘ra, do‘kon menejeri oddiy xodimni qilgan kichik xatosi uchun kaltaklagan. Video tarmoqqa tarqalgandek keyin jamoatchilik unga nisbatan o‘z munosabatini bildirdi. Jumladan, Bahodir Jalolov birinchilardan bo‘lib, Inbazar rahbari “Omadillo do‘stining” aslida zo‘ravonlikka qarshi ekani, birovga ozor bermasligi, haqiqiy aybdor jazosini topishi haqidagi fikrlari tarmoqda keng tarqaldi.

Bundan bir necha soat o‘tmay Omadbek Xolmatovning yangi, tesha tegmagan videolari, ijtimoiy tarmoqlar va uning foydalanuvchilarini larzaga soldi. Avvaliga tarqalgan lavhalarda giyo zo‘ravonlikka qarshi, adolatparvar insondek ko‘ringan rahbarning o‘zi xodimlarni kuch ishlatib, qo‘pol so‘zlar bilan tahqirlayotgan videolarda aks etgan.

Kun.uzga taqdim qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, yuqoridagilar eski videolar bo‘lib, ular yuzasidan hech kim ariza bilan murojaat qilmagan. Tarmoq faoli Rasul Kusherbayevning yozishicha, ayni vaqtda poytaxt IIBBsi tergovga qadar tekshiruv boshlagan.

Do‘kon ishchilariga o‘ta qopol muomalada bo‘lish, so‘kish, kuch ishlatish kabi sahnalar mavjud videolar ko‘pchilikka yoqmadi shu sabab ba’zi faollar o‘z noroziligini bildirdi.

Jumladan, Rasul Kushurbayev, tarmoq faoli Abdurahmon Fozilovlar ham avvaliga inbazar va uning rahbarini qo‘llab quvvatlash ma’nosida video chiqargan bo‘lsa, bir necha soatdan keyin Omadbek Xolmatovning shaxsini yana ham ochib bergan videolar tarmoqda paydo bo‘lganda umuman boshqa ma’nodagi yangi videolarni e’lon qilishdi. Xuddi shunday Bahodir Jalolov ham Omadbek Xolmatovni aslida boshqacha inson deb tasavvur qilganini, odamning olasi ichida bo‘lishini ta’kidlab video murojaat qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan bu mavzudagi materiallar izohlarning katta qismini Inbazarga nisbatan boykot e’lon qilish, uning xizmatlaridan voz kechish kabi fikrlar tashkil qiladi.

Foto: Anhor.uz

Izohlarda jamoatchilikning bir qismi kaltaklangan xodimga berilgan Spark avtomobilini faqat kamera uchun topshirilgan deb hisoblamoqda. Ba’zilar esa jabrlanuvchini avtomobil va yuqori lavozimni olmasligi kerak edi degan fikrda.

Facebookda “Xalq nazorati” kanali joylagan postda Inbazarga ishga olish tartib qoidalari keltirilgan. Unda yozilishicha, do‘konga ish so‘rab borgan yigit qizlardan avvalo “Musulmonmisan?”, “Namoz O‘qiysanmi?”, “Sura yod olganmisan?”, “Arabcha bilasanmi?”, degan savollar bilan yuzlanishadi deyiladi xabarda. Postning izohlar qismida ham bu fikrlar kuzatuvchilar tomonidan tasdiqlangan.

Inbazar do‘konlar tarmog‘ining rasmiy Telegram kanalida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, oddiy xodimga nisbatan kuch ishlatgan menejerga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ilhomjon Sobirov

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.