2024-yilgi Parij Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining maskotlari Onado‘lining qudratli temir davri qirolligi bo‘lgan frigiyaliklardan ilhomlanganini bilarmidingiz
2024-yilgi Parij Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlarining maskotlari Onado‘lining qudratli temir davri qirolligi bo‘lgan frigiyaliklardan ilhomlanganini bilarmidingiz? Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining ta’kidlashicha, Olimpiada Frigiya va Paralimpiya Frigiya maskotlari bir vaqtlar frigiyaliklar kiygan an’anaviy qalpoqlarga o‘xshash yengil qalpoq ko‘rinishida yaratilgan. Qadimgi Onado‘li qirolligi Frigiyaning madaniy merosini aks ettirgan maskotlar, shuningdek, Smurflar garderobining ham ajralmas qismi bo‘lgan qalpoqning shakli erkinlik tushunchasini ifodalagan.
Frigiyaliklar Bolqondan g‘arbiy-markaziy O‘nadoli o‘lkalaridagi keng hududga ko‘chib o‘tgan, bu esa hozirgi Turkiyaning Anqara, Afyonkarahisar, Eskishehir va Kutahya viloyatlarini qamrab oladi. Miloddan avvalgi 12 asrda Xet imperiyasining qulashi bilan yana qaytadan tiklangan bu qadimiy xalq 2023 yilda Turkiyaning 20 YUNESKO Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Gordion shahrida o‘z poytaxtini qurdi. Frigiyaning siyosiy va madaniy poytaxti sifatida tanilgan Gordion ko‘plab qadimgi tarixchilar tomonidan tilga olingan Gordion tuguni afsonasi bilan bevosita bog‘liq. Bu tugunni yechgan kishi Osiyoning hukmdori bo‘lishi bashoratlarda aytib o‘tilgan. Shuningdek, shahar bir vaqtlar mifologiyada “eshak quloq” va “oltin teginish” bilan la’natlangan shoh Midas hukmronligi ostida bo‘lgan.
Olimpiya maskotini ilhomlantirgan Frigiya qalpoqchasi birinchi marta Gordiondagi otliq askarning o‘yilgan tasvirida paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, qirol Midas ko‘pincha frigiya qalpog‘ini kiygan holda tasvirlangan, afsonaga ko‘ra, u hatto eshak quloqlarini yopish uchun ham kiygan.
Ozodlik ramzi
Frigiya qalpog‘i yoki “ozodlik qalpoqchasi”ning kelib chiqishi ming yillarga borib taqaladi, Rim hayoti va hatto Fransiya inqilobidan keyingi davrlarda ham ko‘p namoyon bo‘ldi va yanada chuqurroq ahamiyatga ega bo‘ldi. Qadimgi Rimda qul bo‘lgan odamlar ozodlikka chiqqanlarida Frigiya qalpoqchasiga o‘xshash bosh kiyim kiygan edilar. Fransuz inqilobi va undan keying davrda Frigiya qalpog‘i rasm va haykallarda paydo bo‘ldi. Qalpoq fransuzlar uchun tarix davomida mashhur timsol bo‘lib qoldi, bu esa uni 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarining maskoti uchun yaqqol tanlovga aytirdi.
Frigiyaliklar izidan
Frigiyaliklarning Onado‘lidagi tarixiy vatani bugungi kunda “Frigiya vodiysi” deb ataladi. Vodiy Frigiya qoyatosh yodgorliklarining ajoyib namunalari bilan butun dunyoda noyob bo‘lgan ulkan landshaftdir. Bu hudud umumbashariy ahamiyatga ega, chunki u frigiyaliklarning diniy marosimlari va ijtimoiy hayotining izlarini saqlaydi. Shunga ko‘ra, Kutahya, Afyonkarahisar, Anqara va Eskishehirni o‘z ichiga olgan Tog‘li Frigiya mintaqasi 2015 yildan beri YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatida. Ushbu noyob landshaftni piyoda va velosiped yo‘llari bilan kashf qilish mumkin.
500 kilometrdan ortiq cho‘zilgan Turkiyaning uchinchi eng uzun piyoda yo‘li bo‘lgan Frigiya yo‘li bilan Frigiyaliklarning izidan borish mumkin. Frigiya yo‘lini boshlash uchun uchta muqobil hudud bor: Anqaradagi Gordion, Afyonkarahisardagi Seydiler va Kutahyadagi Yenije fermasi. Bu nuqtalardan boshlanib, Frigiya vodiylari bo‘ylab davom etuvchi yo‘llarda Frigiya davriga oid Gordionning ajoyib inshootlari, dunyodagi uchinchi eng katta qabr bo‘lgan qirol Midas qabri va ichidagi dunyodagi eng qadimgi yog‘och bino bo‘lgan qabr xonasini ko‘rish mumkin. Anqarada, shuningdek, Onado‘lining turli burchaklaridan, ayniqsa Gordion, Hattusha va Chatalho‘yuk kabi muhim joylardan antik asarlar namoyish etiladigan Anadolu sivilizatsiyalari muzeyiga tashrif buyurish kerak. Muzeyga tashrif buyurmasdan va ushbu madaniyatni o‘rganmasdan turib Gordion va boshqa Frigiya joylarini to‘liq kashf qilib bo‘lmaydi.
Frigiya yo‘lining boshqa diqqatga sazovor joylari ham bor, masalan tosh uylari, qabrlari va cherkovi bilan mashhur Ayazini qishlog‘i, Afyonkarahisardagi qoyaga o‘yilgan Avdalas qal’asi va Emre ko‘li va Kutahyaning Aizona qadimiy shahrini sanash mumkin. Frigiya yo‘li Eskishehirdagi muhim Frigiya aholi punkti bo‘lgan Yazilikayada birlashadi. Yazilikayadan tashqari, hududning qadimiy manzillari orasida Eskishehirdagi ajoyib Frigiya qoyatosh jabhalari, g‘ayrioddiy sher bo‘rtmalarini o‘z ichiga olgan Arslon ibodatxonasi va qoyaga o‘yilgan monumental maqbara Gerdekkaya mavjud.
Sharhlar