2025-yildan YaTTni ro‘yxatdan o‘tkazmaganlik uchun jarimani bekor qilish rejalashtirilmoqda
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoуev 4-noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi, unda yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirganlik uchun jarimani bekor qilish masalasi ham muhokama qilindi.
“Taqdimotda noqonuniy tekshirishlarning oldini olish, nazorat qiluvchi organlar inspektorlarining malakasini oshirish masalalari ham ko‘rib chiqildi”, — deyiladi prezident matbuot xizmatining xabarida.
Shuningdek, fiskal belgilarni raqamli belgilash va ko‘rsatish qoidalarini buzganlik, xodimlar sonini yashirganlik uchun ma’muriy javobgarlikni bekor qilish taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, 2025-yil 1-martdan boshlab nizolarni hal etishga ko‘maklashish maqsadida taraflarning kelishuviga ko‘ra sudda ish ko‘rib chiqish yakunlangan taqdirda davlat bojini qisman qaytarish tartibi joriy etiladi.
Joriy yilning 20-avgust kuni prezident va tadbirkorlar o‘rtasida an’anaviy ochiq muloqot bo‘lib o‘tgandi. Muhokama qilingan muammo va takliflar asosida tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshirishlarni tartibga solish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Sharhlar