Daniya Ukrainaga bor artilleriyasini yetkazib bergan

Фото: Коммерсант

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen xavfsizlik bo‘yicha Myunxen konferensiyasida ma’lum qilishicha, mamlakat Ukrainaga “o‘zining hamma artilleriyasi”ni bergan, deb yozadi Jyllands-Posten gazetasi. Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq mamlakatlari Ukraina uchun yetarlicha harakat qilmayapti.

“Daniya tomonidan biz barcha artilleriyamizni xayriya qildik. Do‘stlar, men bu haqda gapirishdan afsusdaman, ammo Yevropa omborlarida hali o‘q-dorilar bor”, — dedi Frederiksen.

U Ukrainani maxsus harbiy operatsiya boshlanganiga ikki yil to‘ladigan bir vaqtda harbiy yetkazmalar bilan ta’minlashga chaqirdi. Gap o‘q-dorilar, artilleriya, uzoq masofali raketalar, uchuvchisiz uchar qurilmalar, F-16 qiruvchilari haqida bormoqda.

Mette Frederiksen ta’kidlashicha, qisqa muddatli istiqbolda Yevroittifoq Ukrainaga o‘zi ehtiyojmand bo‘lgan narsalarni berishi kerak, “uzoq muddatli istiqbolda esa Ukrainani Yevroittifoq va NATO alyansida olqishlab kutib olish kerak”.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.