“Putinga qarshi choshgoh” aksiyasi “ekstremistik faoliyat belgilari”ga ega deb topildi

Фото: Максим Богодвид/РИА Новости

Moskva Shimoli-g‘arbiy okrugi prokuraturasi “Put domoy” (“Uyga yo‘l”) harakati faoli Mariya Andreyevaga 17-mart kuni 12:00 da “ruxsat berilmagan jamoat tadbiri”da qatnashish rejalari yuzasidan qonun buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirish berdi, deb yozadi Meduza.

Prokuratura tomonidan berilgan hujjatni Andreyevaning o‘zi e’lon qildi. Unda aytilishicha, monitoring chog‘ida uning ijtimoiy tarmoqlarida “ekstremistik faoliyat belgilarini o‘z ichiga oluvchi noqonuniy faoliyatlar tayyorlanayotgani” haqida ma’lumotlar topilgan. Prokuratura qayd etishicha, 17-mart kuni choshgoh paytida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan “jamoat tadbirlari”ga ruxsat berilmagan.

“Saylovlarga ma’lum bir soatlarda borish mumkin emasmish! Unda nimaga uch kun ovoz beramiz? Nimasi yomon, demokratiya qayerda? Saylov va so‘z huquqi-chi? Unda saylovlarni umuman bekor qilib tashlang, shunda hech kim kelmaydi va sizga yoqmaydigan tarzda ovoz bermaydi”, — deb yozdi Andreyeva ogohlantirish yuzasidan izoh berar ekan.

“Putinga qarshi choshgoh” aksiyasi haqidagi g‘oyani Peterburg qonunchilik majlisi sobiq deputati Maksim Reznik taklif qilgandi, u ta’qib xavfi tufayli Rossiyani tark etgan. Uni koloniyada bo‘lgan Aleksey Navalniy qo‘llab-quvvatlagan edi, uning o‘limidan keyin esa aksiya uning “vasiyati”ga aylandi, uning tarafdorlari uni amalga oshirishga da’vat etdi. Muxolifat Putinga qarshi bo‘lganlarning barchasiga saylov uchastkalariga bir xil vaqtda — 17-mart kuni 12:00 da kelishni taklif etmoqda.

Ta’kidlanishicha, prezident saylovlariga bir necha kun qolgan bir paytda rossiyaliklar Aleksey Navalniy jamoasidan soxta xabarlar ola boshladi, ularda “Putinga qarshi choshgoh” aksiyasi ko‘chirilgani haqida aytiladi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.