Rossiyaning Magadan viloyatida ishchilarni olib ketayotgan Mi-8 vertolyoti qulab tushdi, qurbonlar bor

вертолет Ми-8
Фото: музей победы

Rossiyaning Magadan viloyatidagi Kvarts tog‘i hududida ishchilarni tashib ketayotgan Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi, deb xabar bermoqda “Interfaks” favqulodda xizmatlarga tayanib. Ikki kishi halok bo‘lgan, yana jabrlanganlar bor.

Vertolyot konlardan biridan 20 nafar ishchini olib ketayotgan bo‘lgan. Halok bo‘lganlardan tashqari, qolganlarning taqdiri noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Ayni paytda hodisaning ikkita asosiy versiyasi ko‘rib chiqilmoqda. Mutaxassislarga ko‘ra, texnika dosh bera olmagan bo‘lishi yoki inson omili rol o‘ynagan bo‘lishi mumkin. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, vertolyotda vaxtoviklar olib ketilayotgan bo‘lgan. Shuningdek, o‘sha hududda ob-havo sharoitlari murakkab bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.