21 yoshli huquqbuzar o’zi tashlagan axlatni o’zi tozaladi
Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani Nurafshon MFY hududida fuqaro M.J. tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgan va bu holat hududda o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yuqori Chirchiq tuman boʼlimi inspektorlari tomonidan 2003-yilda tugʼilgan fuqaro M.J. davlat raqami avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani aniqlandi.
Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari — 1 million 125 ming soʼm miqdorida jarima qoʼllanildi. Shuningdek, M.J. transport vositasida o‘zi tashlagan chiqindilarni Yuqori Chirchiq tuman bo’limi hududidagi poligonga joylashtirdi.
Sharhlar