Belgiya vaziri Isroilga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni joriy etishga chaqirdi

Foto: aa.com.tr

“Isroil hukumatiga xalqaro bosim kuchayishi kerak”, – deydi Rivojlanish vaziri Karolin Gennez.

Belgiya Taraqqiyot vaziri Isroilning G’azo markazidagi qochqinlar lageriga uyushtirgan havo hujumi o’nlab odamlarning hayotiga zomin bo’lgani sababli, Isroilga qarshi “iqtisodiy sanksiyalar va qurol embargosi” joriy etishga chaqirgan.

“Yana bir bor begunoh bolalar shafqatsiz zo’ravonlik qurboni bo’ldi. Buni oqlab bo’lmaydi. Isroil hukumatiga xalqaro bosimni kuchaytirish kerak: ayniqsa, iqtisodiy sanksiyalar va qurol embargo tomondan”- dedi Karolin Gennez. Shuningdek, u “Zo’ravonlik faqat ko’proq zo’ravonlikka olib keladi”,- deya ogohlantirdi.

BMT Xavfsizlik Kengashining zudlik bilan sulh talab qilgan rezolyutsiyasiga qaramay, Isroil 2023-yil 7-oktabr kuni Hamas hujumidan buyon G‘azoga qarshi shafqatsiz hujumini davom ettirmoqda.

Mahalliy sog’liqni saqlash idoralari ma’lumotlariga ko’ra, G’azoda 36 600 ga yaqin falastinlik halok bo’lgan, ularning aksariyati ayollar va bolalardir, 83 000 dan ortiq kishi jarohatlangan. Isroil urushiga qariyb sakkiz oy o’tgach, G’azoning katta hududlari oziq-ovqat, toza suv va dori-darmon blokadasi ostida vayronaga aylangandi.

Isroil Xalqaro Sudda genotsidda ayblanmoqda, u o’zining so’nggi qarorida Tel-Avivga may oyida bosqin qilinishidan oldin bir milliondan ortiq falastinliklar urushdan boshpana topgan janubdagi Rafah shahridagi operatsiyasini darhol to’xtatishni buyurgan edi.

Tayyorladi: Anhor.uz amaliyotchi muxbiri, O‘z JOKU 4-bosqich talabasi Sodiqjonova Yoqutxon

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.