Samarqandda 13 yoshli qizini sotishga uringan ayol 5 yilga qamaldi
Samarqandda 41 yoshli muqaddam sudlangan ayol 13 yoshli qizini 25 ming dollarga pullab, “muvaffaqiyatli savdosi”ni restoranda nishonlayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda “Zamon” axborot dasturida xabar berildi.
Qayd etilishicha, ayol bundan 2 yil avval Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha sudlanib, ayni paytda uy qamog‘i jazosini o‘tayotgan bo‘lgan.
Endi esa 235-modda (Odam savdosi) bo‘yicha 5 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi, jazo qattiq tartibdagi koloniyada o‘taladi.
Ulashish:
Sharhlar