“Parij-2024”: Bugungi musobaqalarda 6 nafar o‘zbekistonlik ishtirok etadi
Fransiya poytaxti Parijda XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari davom etmoqda. Ortda qolgan beshinchi kungi musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, o‘zbekistonlik paralimpiyachilar 6 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega bo‘lgan holda 182 ta ishtirokchi davlatlar orasida umumjamoada 9-o‘rinni egallab turibdi. Bu haqda O’zA xabar bermoqda.
Bugun, 3-sentabr Paralimpiya o‘yinlarining oltinchi kunida 13 ta sport turi bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi. 7 para sport turi bo‘yicha 61 ta medallar jamlanmasi uchun kurashlar bo‘lib o‘tadi.
Bugungi bahslarda mamlakatimizning 6 nafar a’zosi medallar uchun kurashga kirishadi. Matonatli atletlarimiz para yengil atletika va para suzish bahslarida ishtirok etadi.
Para yengil atletika musobaqalarining nayza uloqtirish dasturida Natalya Semyonova, 400 metrga yugurishda Izzat Turg‘unov para suzishning turli yo‘nalishlarida Firdavsbek Musabekov, Muzaffar Tursunxo‘jayev, Dmitriy Xorlin, Shohsanam Toshpo‘latova vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Sharhlar