Rossiyadagi terakt qurbonlari soni 93 kishiga yetdi

Foto: AFP

Rossiya Tergov qo‘mitasi taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida yuz bergan teraktda 93 kishi halok bo‘lgan, deb yozadi Meduza.

“Aniqlanishicha, ayni paytgacha halok bo‘lganlar soni 93 kishiga yetgan. Qurbonlar soni o‘sishda davom etadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning halok bo‘lishiga o‘qotar qurol bilan yetkazilgan jarohatlar va tutundan zaharlanish sabab bo‘lgan”, — deyiladi TQ xabarida.

Shuningdek, Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi teraktdan halok bo‘lganlarning to‘liq bo‘lmagan ro‘yxatini e’lon qildi, unda 37 kishining ism-sharifi bor.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.